1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Asakadagi zavodda avtomobil ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?

UzAutoMotors kompaniyasi vakili ma'lumot berdi.

Asakadagi zavodda avtomobil ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?

 

UzAutoMotors iyul oyi boshida Asakadagi zavodda modernizatsiya ishlari olib borilishi sabab avtomobil ishlab chiqarish vaqtincha to‘xtatilishi eʼlon qilingan

 

Kompaniya vakili maʼlumotlariga ko'ra, zavodda avtomobil ishlab chiqarish 17-iyul (dushanba) kunidan boshlanishi rejalashtirilgan. Hozirda modernizatsiya ishlari davom etmoqda.

 

Avvalroq UzAutoMotors o‘z bayonotida modernizatsiya natijasida avtomobil ishlab chiqarish quvvatlari oshirilishiga urg‘u bergandi.

 

“Ushbu modernizatsiya Chevrolet Cobalt avtomobillarining yillik ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha 30 ming donaga oshirish imkonini beradi”, — deya xabar qilgan kompaniya.

 

Avvalroq joriy yilning yanvar—may oylarida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt (39 ming 264 dona) bo‘lgani aytilgandi. Keyingi o‘rinlarda Lacetti (27 ming 961 dona) va Damas (26 ming 815 dona) ishlab chiqarilgan. Biroq mazkur avtomobillar sotuvda mavjud emas. UzAuto Motors 2022-yil 17-dekabrda Cobalt, Lacetti, Damas avtomobillari sotuvini to‘xtatgan. Kompaniya 2023-yildan Spark va Nexia o‘rniga Tracker va Onix ishlab chiqarishini maʼlum qilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика