1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Ashxobod” bog‘idagi vaziyat bo'yicha ma'lumot berildi

Park hududida tirbandliklar yuzaga kelgandi.

“Ashxobod” bog‘idagi vaziyat bo'yicha ma'lumot berildi

 

Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahridagi “Ashxobod” ko‘ngilochar bog‘ida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, bugun 1-iyun soat 12:00 larda tekinga o‘yinchoqlar tarqatilishi haqidagi axborot ortidan, poytaxt aholisi va mehmonlardan iborat juda ko‘p fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bog‘ atrofida to‘planishlari natijasida, unga kirish/chiqish va ayrim ichki yo‘nalishlarida tiqilinch vaziyat hamda boqqa olib keluvchi va yaqin avtomobil yo‘nalishlarida tirbandliklar yuzaga kelgan.

 

Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, tiqilinchlarni va yo‘llardagi tirbandliklarni bartaraf etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Yuzaga kelgan vaziyatda jarohatlanganlar aniqlanmagan, tobi qochganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.

 

Shuningdek, poytaxtimizdagi jamoat joylarida bayram munosabati bilan tashkil etish rejalashtirilgan turli “Tekinga narsa tarqatish” kabi aksiyalar to‘xtatilganini maʼlum qilamiz, — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика