1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan qashqadaryolik erkak 12 yilga qamaldi

Ayblanuvchi bolalar uyida rahbar bo‘lib ishlagan.

Asrab olgan 13 yoshli qizini zo‘rlagan qashqadaryolik erkak 12 yilga qamaldi

 

Chiroqchi tuman sudida 6-iyun kuni sudlanuvchi K. T. (1971-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, Chiroqchi tumanidagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi rahbari bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi.

 

Sud hukmiga ko‘ra K. T. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “a” bandi va eski tahrirdagi (2023-yil 11-aprelga qadar amalda bo‘lgan) 129-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) ga asosan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Qayd etilishicha, tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

 

Shuningdek, Oliy sud matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Jinoyat kodeksining 73 va 74-moddalari talablariga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik hamda o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика