Tailandning Pxuket shahrida davom etayotgan jahon kubogining o‘ninchi kungi musobaqalarida o‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar 4 ta medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, jahon chempioni Akbar Jo‘rayev -109 kilogramm vazn toifasida yana bir karra dunyoning tengsiz polvoni ekanini namoyish etdi.
Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarishda 189 kilogramm, siltab ko‘tarishda 227 kg va ikki kurash natijasiga ko‘ra, 416 kilogramm toshlarni bo‘ysundirgan holda jahon kubogining 3 ta oltin medalini qo‘lga kiritdi.


