1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Avgustdan ichimlik suvi narxi ikki baravar oshadi

Xususan, Toshkent viloyatida 1 m³ ichimlik suvi narxi 950 so‘mdan 1 700 so‘mga, byudjet tashkilotlari uchun 4 000 so‘mdan 7 000 so‘mga oshirilmoqda.

Avgustdan ichimlik suvi narxi ikki baravar oshadi

 

Joriy yil avgust oyidan boshlab hududlarda ichimlik suvi va oqova suv narxlarini oshirish boshlandi. Bu bo‘yicha xalq deputatlari viloyatlar kengashlarining qarorlari qabul qilinmoqda.

 

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 25 iyuldagi qaroriga ko‘ra, 1 m³ ichimlik suvi narxi 950 so‘mdan 1 700 so‘mga, byudjet tashkilotlari uchun 4 000 so‘mdan 7 000 so‘mga oshirilishi ko‘rsatilgan. Yangilangan tariflar 20 avgustdan kuchga kirishi belgilangan.

 

Surxondaryo viloyatida 1 m³ ichimlik suvi narxi oddiy aholi uchun 1 150 so‘mdan 2 140 so‘mga, Qashqadaryo viloyatida esa 1 avgustdan boshlab, 1 000 so‘mdan 2 000 so‘mga, byudjet tashkilotlari uchun 3 800 so‘mdan 4 000 so‘mga oshirilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика