1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstraliya AQSH bilan yangi harbiy shartnoma imzoladi

Uning miqdori bir necha milliard dollarni tashkil etadi

Avstraliya AQSH bilan yangi harbiy shartnoma imzoladi

 

Avstraliya AQSH bilan 2.5 milliard dollarlik harbiys texnika sotib olish to‘g‘risida shartnoma imzolandi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, Kanberra Qo‘shma Shtatlardan Abrams tanklari va boshqa texnikalar sotib oladi. Tanklar  soni 75 ta va ular 2025 yilgacha xarid qilinadi. Avstraliya mudofaa vaziri Piter Dattonga ko‘ra, u 59 ta M1A1 Abrams tanklarini almashtirishga imkon beradi.

 

Bundan tashqari, 29 ta minalarga qarshi M1150 zirhli mashinalari, 18 ta ko‘prik quruvchi va oltita zirhli evakuatsiya mashinalari sotib olinadi.

 

AQSH va Avstraliya o‘rtasida so‘nggi oylаrda harbiy hamkorlik tobora kengaymoqda. Xususan  2021 yil 15 sentyabr kuni bu ikki davlat va Buyuk Britaniya o‘rtasida AUUKUS  alyansi tuzilgani eʼlon qilindi.

 

Avvalroq Yaponiya va Avstraliya o‘rtasida yangi harbiy kelishuv imzolanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика