1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstraliya Rossiyaning 14 korxonasiga sanksiya kiritdi

Sanksiyalar energetika, avtomobilsozlik va kemasozlik kompaniyalariga joriy etilgan

Avstraliya Rossiyaning 14 korxonasiga sanksiya kiritdi

 

Avstraliya hukumati Rossiyaning "Gazprom" va "Transneft" energetika kompaniyalari va yana 12 korxonaga sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda “TACC” xabar berdi.

 

Birlashgan kemasozlik korporatsiyasi (OCK), “Совкомфлот” yuk tashish kompaniyasi va Novorossiysk dengiz savdo porti (НМТП) va "Русгидро" YoAJ ham yangi cheklovlar kiritilgan.

 

Bundan tashqari, Rossiyaning avtomobil va dvigatel ishlab chiqaruvchi “Камаз”, olmos qazib oluvchi “Алроса” kompaniyalari, “Ruselektronics” xoldingi, “Rostelekom” YoAJ, “Sogaz” sugʻurta kompaniyasi, shuningdek, Rossiyaning Visit Russia milliy sayyohlik byurosining temir yoʻl sayohatlarini bron qilish markaziga nisbatan sanksiyalar joriy etildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaga energiya uskunalarini yetkazib berishni taqiqlagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика