1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Avstraliya Xitoyni kiberhujumlarda aybladi

Mudofaa boshqarmasi bu haqida hisobot tayyorladi.

Avstraliya Xitoyni kiberhujumlarda aybladi

Avstraliya radiotexnika mudofaa boshqarmasi APT40 xakerlar guruhining mamlakat xususiy va davlat tarmoqlarini buzishga qaratilgan takroriy urinishlari haqida hisobot tayyorladi.

 

Hisobotga ko‘ra, ushbu guruh Xitoy davlat xavfsizlik xizmati ko‘magi bilan zararli kiberhujumlarni amalga oshirmoqda. Taʼkidlanishicha, APT40 muqim bir hududni egallamagan, aksincha joylarini tez o‘zgartiradi va moslashadi. Guruh jamoat mulki bo‘lgan zaif infratuzilmadan foydalanishni afzal ko‘radi.

 

Guruh Avstraliya kompaniyalari va davlat idoralari serverlariga hujum qilish uchun muntazam ravishda buzilgan yoki ofis qurilmalaridan foydalanadi. Vaqti-vaqti bilan ular o‘z operatsiyalarida sotib olingan yoki ijaraga olingan infratuzilmalarni ham qo‘llaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика