Avstraliya hukumati elektron sigaretalar importini va ularni chakana savdosini to‘xtatdi.
Mamlakat, shuningdek, ushbu mahsulot uchun yopiq farmatsevtika uslubidagi qadoqlashni joriy qilishni va barcha bir martalik ishlatiladigan qurilmalarni taqiqlashni rejalashtirmoqda.
Dastlab nikotinli elektron sigaretlar taqiqlangandi. Endi esa bu mevalilariga ham tegishli. Avstraliya sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, u hozirda yangi chekuvchilarni tezda jalb qilish vositasiga aylandi. Endi faqatgina shifokor ruxsati bilan chekuvchilarga bu odatni tashlashga yordam beradigan terapevtik dori sifatida dorixonalardagina sotiladi.
Avstraliyada har oltinchi o‘smir elektron sigareta chekadi. Uning tarkibida o‘pkani zaharlaydigan 200 dan ortiq kimyoviy moddalar mavjud.


