Avstraliyada erkak himoyalangan baliq turini ovlagani uchun ikki marta jarimaga tortildi.
Voqea Kronulla (Sidney) shahridagi Oak bog‘ida sodir bo‘ldi. Guvohlar politsiyaga suv kiyimi kiygan, qo‘lida nayzali qurol tutgan yigit qoyalilar oilasiga mansub ko‘k rangli baliqlarni ko‘tarib yurganini aytishgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari huquqbuzar bilan gaplashgan, biroq baliq go‘shtini topmagan.
Avstraliyalik erkak baliq ovlashda qarmoq ishlatmagani uchun 500 dollar jarimaga tortildi. NSV Fisheries keyinchalik erkakning taqiqlangan hududda baliq ovlagani uchun yana 300 dollar to‘lashni talab qildi.


