Avstraliyaning Melburn shahrida yashovchi erkak “PowerBank” tufayli bir necha marta teri ko‘chirish operatsiyasini boshdan o‘tkazdi.
Gap shundaki, Metyu ismli erkakning cho‘ntagidagi telefonning tashqi akkumulyatori portlab ketgan.
Bu paytda u omborxonada bir o‘zi ishlayotgan bo‘lgan. Hushini yo‘qotishiga bir baxya qolgan erkak yaqin atrofdagi restorangacha sudralib borib, o‘sha yerdan shifoxonagacha taksi chaqirgan.
Ayni paytda davolanayotgan Metyu portlagan akkumulyatorni ishlab chiqargan “Comsol” kompaniyasi bilan sudlashmoqda.


