Avstraliyada Evie laqabli cho'pon it tomonidan chizilgan rasm 20 ming dollarga sotildi.
Jonivor 7 yil oldin rasm chizishni o'rgangan.Unga bu san'atni 58 yoshli egasi Liza Kayt o'rgatgan. Shunisi qiziqki, Kаytning o'zi rassom emas. Evie o'z fantaziyasini akvareldan akrilgacha bo'lgan turli xil bo'yoqlar bilan bo'yashni o'rgandi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, it standart buyruqlardan tashqari kirlarni ham saralaydi. Umuman olganda, jonivorga tanish bo'lgan buyruqlar ro'yxati ikki sahifani egallaydi.


