1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstraliyalik “Robinzon Kruzo”lar

Kemasi halokatga uchragan baliqchilar orolda 6 kunni ochlikda o‘tkazishdi.

Avstraliyalik “Robinzon Kruzo”lar

 

Avstraliya qirg‘oqlari yaqinida baliqchilar qayig‘i tropik siklonga uchradi. Oqibatda sakkiz nafar baliqchi cho‘kib ketgan, ulardan 11 nafari qutqarib olingan.

 

Ikki yog‘och qayiq soatiga 180 km tezlikda esgan «Ilza» sikloniga duch kelgan. Qayiqlar vayron bo‘lgach, omon qolgan baliqchilar kichik orolga borib qolishgan. Ular orolda olti kunni ovqat va suvsiz o‘tkazishdi.

 

Avstraliya rasmiylarining taʼkidlashicha, erkaklar oddiy kuzatuv missiyasida samolyotda tasodifan payqab qolishganidan keyin oroldan qutqarilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика