1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstriya Rossiya gaziga sanksiya qo‘yilishiga qarshi

Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri maʼlum qildi.

Avstriya Rossiya gaziga sanksiya qo‘yilishiga qarshi

 

Avstriya Rossiya gaziga embargo joriy etilishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda mamlakat raqamlashtirish va iqtisodiyot vaziri Margaret Shrambyok maʼlum qildi.

 

Gaz embargosi — Avstriya uchun aniq qizil chiziq. Buni biz ham, Germaniya ham ko‘tara olmaydi. Avstriya tomondan ham, Germaniya tomondan ham biz bunga yo‘q deymiz, chunki embargo foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi”, – degan u.

 

Shuningdek, Shrambyok ekologik toza yo‘l bilan  gaz qazib olishni hamda quyosh va vodorod energetikasi bo‘yicha Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikni kengaytirishga chaqirgan.

 

Avvalroq Yevropa Rossiyadan gaz yetkazib berishni cheklashga tayyor emasligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика