1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Avstriyada odamlar qurigan ko‘l tubidan tanga qidirmoqda

Yomg‘ir kamligi tufayli mamlakatning yarmida yer osti suvlari darajasi sezilarli darajada pasaydi.

Avstriyada odamlar qurigan ko‘l tubidan tanga qidirmoqda

 

Avstriya qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda. Aytilishicha, Avstriya sharqidagi Sikze ko‘li butunlay qurib qolgan

 

Mahalliy aholi ko‘lning qurib qolgan tubidan tanga va taqinchoqlar qidirmoqda. Topilmalar orasida baliq suyaklari ham bor: bir necha oy oldin bu yerda minglab baliqlar nobud bo‘lgan.

 

"Biz ko‘l qurib ketishini bilardik. Agar rasmiylar baliqlarni saqlab qolishni ertaroq boshlaganlarida, yana ko‘plari tirik qolgan bo‘lardi. Buni ko‘rish dahshatli. Bu yerdan o‘lik baliqlarni konteynerlarda olib ketishgan", — deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.

 

Odatda bu vaqtda Alp tog‘larida qor ko‘proq yog‘adi. G‘arbiy Avstriyada bu qishda uchinchi marta kam yog‘ingarchilik kuzatildi, Italiyada esa odatdagi meʼyorning yarmi bor. Bu Yevropaning ko‘p qismi uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi.

 

Avstriya hukumati ichimlik suvi infratuzilmasiga sarmoya kiritish orqali muammoga qarshi kurashishga harakat qilmoqda va quduqlarni burg‘ulash ustida ishlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика