Avstriyaning Tirol shahridagi tog‘-chang‘i kurortida osma yo‘l uzilib ketdi.
Hodisa oqibatida yetti kishi jabrlangan. To‘rt kishi og‘ir tan jarohati oldi, bittasining ahvoli og‘ir.
Hodisa Es aholi punkti yaqinidagi Axerkogelban osma yo‘lda sodir bo‘lgan. Mutaxassislarning taxminiga ko‘ra, arqon ustiga daraxt qulashi natijasida kabina shikastlangan.
Hozircha osma yo‘l vaqtinchalik ishdan chiqqan. Hodisaga nima sabab bo‘lgani va daraxt qanday qulagani aniqlanmoqda.
Shuni taʼkidlash kerakki, Axerkogelban osma yo‘lida 60 ga yaqin kabina mavjud.


