1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Avtobusda erkak va ayollarga alohidadan joylar ajratilgani haqidagi eʼlon olib tashlandi

04:29 / 17.04.2023

2.6k

Avtobusda erkak va ayollarga alohidadan joylar ajratilgani haqidagi eʼlon olib tashlandi

Avtobusda erkak va ayollarga alohidadan joylar ajratilgani haqidagi eʼlon olib tashlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobus salonida ayollar va erkaklar uchun maxsus joy ajratilganligini targ‘ib qiluvchi eʼlon aks etgan surat tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, ushbu holat «8-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi saroy raqami 433-bo‘lgan Isuzu rusumli avtobus yo‘nalishida kuzatilgan. Tezkor tadbir davomida, ushbu avtobus salonidagi eʼlon olib tashlangan.

 

«Yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida, jamoat transportida eʼlon qilinishi belgilanmagan maxsus posterlardan foydalanmaslik hamda ish faoliyati davomida haydovchi va chiptachilardan yana-da hushyor holda ish yuritishlari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilayotganini maʼlum qilamiz», – deyiladi xabarda.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика