Germaniyaning «Mersedes-Benz» konserni Moskva viloyatidagi zavodni sotish bo‘yicha kelishuvni yakunladi. Zavodda nemis avtomobillari o‘rniga Xitoy avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Shu tariqa «Mersedes» Rossiyani tark etgan uchinchi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi. Ilgari «Renault» va «Nissan» o‘z aktivlarini sotib yuborgan edi.
«Mersedes-Benz»ning RFdagi aktivlarini 2 milliard yevroga baholagan. G‘arb OAVning yozishicha, hozirgi vaziyatda kompaniya Rossiyadan mablag‘larni olib chiqish bilan bog‘liq muammolarga duch keladi.


