Bugun, 4 yanvardan boshlab "UzAuto Motors SAP" hisob dasturiy taʼminotini amalga oshirish va mahsulot inventarizatsiyasi o‘tkazilayotgani munosabati bilan, ushbu muddatda kontraktatsiya shartnomasini tuzish, barcha avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi.
Bundan tashqari, dasturiy taʼminotni ishga tushirish tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan "UzAuto Motors" ilovasi faoliyati ham vaqtincha to‘xtatib turilishi mumkin.
Dasturiy taʼminotni yangilash va inventarizatsiya ishlari yakunlangandan so‘ng, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish, oldindan to‘lovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish to‘liq hajmda qayta tiklanadi.
2022 yil, yangi yil arafasida avtomobil yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan va 7 kun ichida oldindan to‘lovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan so‘ng, avtomobil uchun oldindan to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Shu bilan birga, ular tomonidan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘z kuchida qoladi, faqat oldindan to‘lov muddati uzaytiriladi.
"UzAuto Motors" kompaniyasi isteʼmolchilardan 4-5 kun davom etishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunishlarini so‘rab qoladi.