1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Avtoshkola” o‘qituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi

Bunda tinglovchilar asosiy ish joyidan ajralgan holda o‘qitiladi.

“Avtoshkola” o‘qituvchilari IIV Akademiyasida malaka oshiradi

 

Haydovchilar tayyorlovchi taʼlim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tartibga soluvchi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

 

Nizomga ko‘ra, taʼlim tashkilotlari o‘qituvchi va haydovchi-yo‘riqchilarini shartnoma asosida qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish (har 3 yilda bir marta) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Bunda tinglovchilar asosiy ish joyidan ajralgan holda o‘qitiladi.

 

O‘quv jarayoni 25 nafardan ortiq bo‘lmagan tinglovchidan iborat guruhlarda tashkil qilinadi.

 

Mazkur kurslarda o‘qish uchun talabgorlar Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali ariza bilan murojaat qiladi.

 

Ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran 3 ish kuni ichida o‘rganib chiqilib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda Akademiya va talabgor o‘rtasida shartnoma tuziladi.

 

To‘lov miqdorlari:

 

  • haydovchi-yo‘riqchilarni qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish kurslarining har biri uchun – BHMning 4,5 baravari (1 mln 350 ming so‘m);

  • o‘qituvchilarni qayta tayyorlash kursi uchun – BHMning 4 baravari (1,2 mln so‘m), ularning malakasini oshirish kursi uchun – BHMning 7 baravari (2,1 mln so‘m).

 

Tinglovchilarga ularning o‘quv jarayonida ishtirokini taʼminlash hamda o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda tyutor (o‘qituvchi-konsultant) yordamlashadi.

 

Qayta tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga diplom, malaka oshirish kursini tamomlagan tinglovchiga esa sertifikat taqdim etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика