1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

“Aybdor” topildi

Toshkent hokimligi ko‘chalarni suv bosishining sababini aytdi.

“Aybdor” topildi

 

2 aprel kuni 2 soat davomida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida 20 mm yomg‘ir yog‘di va bu aprel oyi uchun belgilangan umumiy meʼyorning yaʼni 60 mm.ning uchdan bir qismiga teng.

 

Toshkent shahridagi lotoklarning o‘rtacha diametri 300 mmga teng. Ular yog‘ingarchilik suvlarini kollektorlar va kanallarga yetkazadi.

 

2 aprel kuni 2 soat davomida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida 20 mm yomg‘ir yog‘di va bu aprel oyi uchun belgilangan umumiy meʼyorning yaʼni 60 mm.ning uchdan bir qismiga teng.

 

Lotoklar bir paytning o‘zida bunday katta oqimni qabul qilishga mo‘ljallanmagani bois, shahrimizdagi bir necha manzilgohlarda suv to‘planishi kuzatildi.

 

Bu holatni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va uning tuman boshqarmalari, kommunal soha tizimlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasining 500 dan ortiq xodimlari va 100 dan ortiq maxsus texnikalari jalb etilib, 23:00 gacha barcha manzillardagi holatlar bartaraf etildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика