1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ayni damda poytaxtimizda O‘zbek-Pokiston ishbilarmon doiralari Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yilning yanvar –may oylarida Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 69,4 mln dollarni tashkil etgan.

Ayni damda poytaxtimizda O‘zbek-Pokiston ishbilarmon doiralari Kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

 

 

Shundan eksportning ulushi 47,6 mln dollarga teng. 1 iyun holatiga ko‘ra respublikamizda Pokiston investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni 163taga yetgan. Shulardan 43tasi qo‘shma loyiha bo‘lsa, 115tasi sof Pokiston kapitali asosida faoliyat yurityapti.

 

Yig‘ilishda kelgusidagi savdo-iqtisodiy aloqalari, o‘zaro tovar ayriboshlashni kengaytirish, biznes loyihalari sonini ko‘paytirish haqida so‘z bormoqda.

 

Qayd etilishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar so‘nggi yillarda keng miqyosda rivojlandi. Pandemiyaga qaramasdan hamkorlikdagi loyihalar soni sezilarli darajada oshmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика