1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ayni paytda Ukrainada qancha o‘zbek fuqarosi bor?

TIV rasmiy vakili mamlakatdagi o‘zbeklar soni va ularni evakuatsiya qilish rejasi haqida ma’lumot berdi.

Ayni paytda Ukrainada qancha o‘zbek fuqarosi bor?

 

Xabarga ko‘ra, ayni vaqtda Ukraina hududida 4300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib turibdi. 

 


Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Kiyevdagi Elchixonasi tomonidan evakuasiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar ro‘yxati ishlab chiqilmoqda. Ukraina havo hududining yopilganini inobatga olgan holda jo‘nab ketish yo‘nalishlari va joyi ishlab chiqilmoqda. Shu maqsadda, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar orqali jo‘nab ketish yo‘nalishlari va keyingi borish manzillari o‘rganilmoqda.

 

Shuningdek, O‘zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика