1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ayol internetdagi havola tufayli 30 mln so‘m pulini yo‘qotdi

Holat Toshkent shahrida yuz bergan.

Ayol internetdagi havola tufayli 30 mln so‘m pulini yo‘qotdi

 

Telegram messenjeridagi havolaga kirgan ayolning 30 million so‘mini o‘zlashtirgan jinoyatchi ushlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi (ayol) N.D. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 30 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

 

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent viloyatida yashovchi T.A. sodir etganligi aniqlangan.

 

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan T.A. Internet foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, bu e’longa ishongan jabralanuvchi (ayol) N.D.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan 30 million so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘irlab, o‘tkazib olishga erishib, mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Mazkur holat yuzasidan T.A.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика