1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ayol o‘z uyida “samosud” qilindi

Maʼlumotlarga ko‘ra, uning sochlari kesib tashlangan.

Ayol o‘z uyida “samosud” qilindi

 

Xabar qilinishicha, uch ayol va bir erkak o‘zaro oldindan til biriktirib, go‘yoki Shohrux ismli yigitni so‘rab kelib, aldov yo‘li bilan uyga kirgan.

 

Shundan so‘ng, ular ayol bilan oldindan bo‘lgan kelishmovchilikni ro‘kaj qilib, ayolni xonadan yotoqxonasiga olib kirib, eshikni qulflan. Jabrlanuvchiga zo‘rlik ishlatib, uni urib, sochlarini kesib tashlagan. Holatni telefonda videoga olib, jabrlanuvchini keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitib, voqea joyidan ketishgan.

 

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasi ayolga yengil turdagi tan jarohati yetkazilganini ko‘rsatmoqda. Olib borilgan tezkor tadbir davomida jinoiy guruh aʼzolari qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика