1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Аyol tahqirlandi! Toshkentda soliqchi xotinini yerga yotqizib, do‘pposladi

Mushtumzo‘r erkak Yakkasaroy tumani soliq boshqarmasi xodimi ekani aytilmoqda.

Аyol tahqirlandi! Toshkentda soliqchi xotinini yerga yotqizib, do‘pposladi

 

Maʼlum qilinishicha, ayolni urish ancha oldin boshlangan, navbatdagi musht ko‘tarishdan keyin ayol erini tashlab ketgan. Bu haqda “Nemolchi.uz” xabar berdi.

 

Aytilishicha, ular joriy yilning aprel oyida ular 14 yoshli o‘g‘lidan ayrilgan. Hodisadan uch hafta o‘tgach, ayol erining yosh qiz bilan nikoh o‘qitgani va uni uyiga olib kelganidan xabar topgan. Shunday bo‘lsa-da, erkak  xotinining qaytib kelishini aytavergan.

 

U turmush o‘rtog‘idan yangi oilasi bilan yashab, uni tinch qo‘yishini so‘ragan. Ammo soliq xodimi ayolning ishxonasiga, bolalari bilan yashayotgan otasining uyiga kelgan. So‘ngra ayol otasining tanishidan ijaraga kvartira olib, avtoturargohi bor yopiq hududga ko‘chib o‘tgan.

 

Qayd etilishicha, iyun oyi oxirida ayol odatdagidek mashinani to‘xtash joyiga olib kelganida, uning eri “Kimni oldiga kelding?”, degan savol bilan uni taqib etgan. Ayol erkakka qayerdaligini surishtirish uning ishi emasligini aytganidan so‘ng, erkak uni ura boshlagan: yerga yotqizib, yuziga bir necha bor tepgan. Keyin esa hech nima bo‘lmagandek, Kaltaklashni tugatgandan keyin so‘ng, ayolini kasalxonaga olib borgan. Shifokorlarga xotinini begona erkak bilan ushlab olgani uchun urganini aytgan.

 

Jabrlanuvchining qizi onasi hali ham uyda yo‘qligidan xavotirlanib, yer osti avtoturargohiga tushadi. Bu yerda onasining atrofi qonga botgan, eshigi ochiq mashinasini ko‘rib, IIB (102)ga qo‘ng‘iroq qilgan.  Voqea joyiga yetib kelgan tezkor xodimlar kameralardan ayolning yolg‘iz qolgani, erkak esa uni zo‘ravonlik bilan kaltaklagani aks etgan tasvirlarni olgan.

 

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 104-modda (Badanga qasddan og‘ir shikast yetkazish) bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Erkakka nisbatan uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan cheklash jazosi tayinlanishi kutilmoqda.

 

Taʼkidlanishicha, ayblanuvchi bularning barchasidan keyin ayolni o‘ziga qaytarishga urinib, taʼqib qilishda davom etgan.

 

U ortimdan qolmayapti. Ajrashishga imkon bermayapti. Juda ham charchadim. Tergovchiga qo‘ng‘iroq qilib, u meni taʼqib qilayotgani, biror chora ko‘rishini so‘radim”, — degan jabrlanuvchi. Shuningdek, u eri hozircha uni taʼqib qilishdan tinchigani, lekin bu hol yana takrorlanishi mumkinligini qayd etgan.

 

Bundan bir necha kun avval Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti “zamdekan”i talaba qizga tegajog‘lik qilgani haqida xabar tarqalgandi. Ushbu hodisaga Saida Mirziyoyeva va Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ham o‘z fikrlarini bildirgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yo‘l chetida eri tomonidan xo‘rlangan ayol haqida videolavha hamda keksa onasini tahqirlagan ayol yuzasidan maʼlumot berilgandi.  

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика