1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ayrim abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod qilinadi

Bu bo'yicha hukumat qarori qabul qilindi.

Ayrim abituriyentlar kirish imtihonlaridan ozod qilinadi

 

Hukumatning "Umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.

 

O‘zgartirishga ko‘ra, Umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan to‘lov asosida, elektron shaklda beriladi.

 

Shuningdek, sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

 

Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, A+, A, V+, V, S+, S, darajali sertifikatlar beriladi.

 

Unga kura:

70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;

65-69,9 ball olgan talabgorga A daraja;

60-64,9 ball olgan talabgorga V+ daraja;

55-59,9 ball olgan talabgorga V daraja;

50-54,9 ball olgan talabgorga S+ daraja;

46-49,9 ball olgan talabgorga S darajali sertifikat beriladi.

 

Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Bunda:

 

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul bilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

 

V+, V, S+, S, darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal balga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

 

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика