1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Ayrim farmatsevtika mahsulotlari bojxona bojidan ozod qilindi

Bojxona kodeksiga muvofiq tovarlar shartli chiqarib yuborilgan paytdan eʼtiboran 3 yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinadi.

Ayrim farmatsevtika mahsulotlari bojxona bojidan ozod qilindi

 

Farmatsevtika uchun ayrim xomashyo va uskunalarni O‘zbekistonga import qilish bojxona bojlaridan ozod etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan.

 

Hujjat bilan bojxona bojidan ozod qilinadigan, quyidagilarni o‘z ichiga olgan materiallar va uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi:

 

farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalari tomonidan olib kelinadigan laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari ro‘yxati;

 

texnologik va laboratoriya uskunalari, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari ro‘yxati;

 

farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari ro‘yxati.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика