1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ayrim sud ishlarini yuritish maʼmuriy organlarga o‘tkaziladi

Shuningdek, ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar quyi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibi belgilanadi.

Ayrim sud ishlarini yuritish maʼmuriy organlarga o‘tkaziladi

 

"Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida 2023 yil 1 sentabrgacha “Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimi sinov tarzida ishga tushiriladi hamda 2024 yildan amaliyotga to‘liq joriy etiladi.

 

Farmonga bilan quyidagilar joriy etiladi:

 

— ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlarni ko‘rish vakolati maʼmuriy organlarga o‘tkaziladi;

— ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar quyi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibi belgilanadi.

 

Ayrim yo‘nalishlarda prokuror nazorati qisqartiriladi, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklari maqbullashtiriladi hamda uning hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari soni ko‘paytiriladi.

 

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari sud binolarida o‘tiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика