1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ayrim sug‘urta tashkilotlariga jarima sanksiyasi qo‘llanildi

18 ta sug‘urta tashkiloti hisobotlarni belgilangan muddatda va barcha meʼyoriy talablar doirasida taqdim etgan.

Ayrim sug‘urta tashkilotlariga jarima sanksiyasi qo‘llanildi

 

Joriy yilning I chorak yakuni bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 18 ta sug‘urta tashkiloti hisobotlarni belgilangan muddatda va barcha me’yoriy talablar doirasida taqdim etgan. Boshqa sug‘urta tashkilotlari tomonidan esa me’yoriy talablarga amal qilinishda turli darajadagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.


13 ta sug‘urta tashkilotiga nisbatan ajratilgan aktivlar tarkibida likvid aktivlarning yetarli darajada shakllantirilmaganligi, barqarorlashtirish zaxiralarini belgilangan talablar doirasida hisob-kitob qilinmaganligi, bog‘liq shaxslarning ustav kapitallarida ishtirok etish me’yorlari buzilganligi, hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi va boshqa shunga o‘xshash qonun buzilish holatlari bo‘yicha jami 238 mln so‘m miqdorida jarima sanksiyasi qo‘llanildi. Bu moliyaviy hisobotlarni monitoring qilish natijalariga ko‘ra belgilandi.

 

Hisobot davri yakuni bo‘yicha 1 ta sug‘urta tashkilotining to‘lov qobiliyatini belgilangan talab darajasiga yetkazish maqsadida sug‘urtalovchiga 15 mlrd so‘m miqdorida qo‘shimcha kapital kiritish majburiyati yuklandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика