1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ayrim toifadagi mashinalarga “rastomojka” kamaytiriladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori imzolandi.

Ayrim toifadagi mashinalarga “rastomojka” kamaytiriladi

 

Prezident ayrim toifadagi mashinalar uchun bojxona to‘lovlarini keskin kamaytirish bo‘yicha qarorni imzoladi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar berdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Aholining yengil avtotransport vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

 

Qarorga ko‘ra, ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshmagan, dvigatel hajmi 1 200 sm kubdan yuqori bo‘lmagan yangi yengil avtotransport vositalari uchun (TN TIF kodi 8703 21 10, 8703 22 10 va 8703 31 10) 2026 yil 1 yanvarga qadar quyidagi bojxona boji stavkalari belgilanmoqda:

 

1 000 sm kubgacha — 0 foiz (amalda – 15 foiz + 0,4 AQSH doll/kub sm);

 

1 000–1 200 sm kub — 5 foiz (amalda – 15 foiz + 0,6 AQSH doll/kub sm).

 

Natijada dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarining jami miqdori amaldagi 39–43 foizdan 19–23 foizgacha, dvigatel hajmi 1 000–1 200 sm kub bo‘lgan avtomobillar uchun esa 44–52 foizdan 30–36 foizgacha kamayadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика