Prezident raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda yo‘l xo‘jaligida ham kadastr shu ahvol ekani taʼkidlandi. Ko‘pgina ichki yo‘llar va unga tutash yerlarning hujjati yo‘qligi bilan bog‘liq muammolar ko‘rsatib o‘tildi.
Kelgusi yilda “Tashabbusli byudjet” va “Mening yo‘lim” loyihalariga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan taʼmirlanadigan ichki yo‘llarni loyihalashda ularga kadastr hujjatini tayyorlashni ham nazarda tutish topshirildi.
Ayrim vazirliklarga berilgan yer va binolar kadastri ham qoniqarsizligi qayd etildi. Baʼzi obyektlarning egalik hujjati yo‘qligi aniqlangan. Ushbu yerlarning hujjati yo‘qligi sababli talon-toroj qilingan holatlar mavjud.
Vazirliklarga o‘zlariga qarashli barcha yer va binolarni hujjatlashtirishni yakuniga yetkazish, Bosh prokuraturaga ushbu ishlarning qatʼiy nazoratini yo‘lga qo‘yish topshirildi.