1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Ayrim xodimlarga uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi

Ayrim hududlarda soliq solishning alohida tartibini nazarda tutuvchi soliq rejimi kiritildi.

Ayrim xodimlarga uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi

 

 

Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, quyidagilarga to‘lanadigan boshlang‘ich yordam pulidan hamda uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasidan daromad solig‘i undirilmaydi (2021 yil 1 iyundan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi): 

 

olis, borish qiyin hududlardagi byudjet bakalavriat yoki magistraturani tamomlagandan 3 yilda ishga qabul qilingan xodimlarga;

 

➖ olis va borish qiyin hududlardagi shifokorlik punktlari va poliklinikalarga, taʼlim muassasalariga ishga kirgan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy maʼlumotli shifokorlarga va mutaxassislarga. 

 

Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan belgilangan dasturlarda qatnashib olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul to‘lovlaridan ham soliq undirilmaydi. 

 

Fuqarolar mehnat staji hisoblanishi maqsadida ishlamaydigan eri (xotini) uchun yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda soliq to‘lashi mumkin (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi). 

 

Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tuman Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyentda qo‘llaniladi. 

 

 Elektromobillarni sotib oluvchilar yoki ularni O‘zbekistonga vaqtincha olib kiradiganlar yig‘imdan ozod qilinadi (2021 yil 1 martdan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq uy-joy sotib olish uchun yosh oilalarga qo‘shimcha 2 ming kvota ajratilishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика