Xabarlarga ko‘ra, sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qo‘lga olingan. U iqtisodiy jinoyatlar bilan bog‘liq ish yuzasidan tergov qilinmoqda.
Aziz Voitov 1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2001-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. 2010 yilda Oliy ishbilarmonlik maktabida "biznes boshqaruvi" bo‘yicha tahsil olgan.
Aziz Voitov 2022-yil-avgust oyi oxiridan beri vazir lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha esa – 2020-yil mart oyidan boshlab – Investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 25-oktabrida Aziz Voitov Qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimidan bo‘shatilgandi.


