BAA Yevropa ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning YEIdan tashqari olamni jungli bilan tenglashtirganini tanqid qildi.
Amirlik TIV diplomatning bu so‘zlarini "irqchilik va diskriminatsiyaga asoslangan" noo‘rin gap deb baholab, YEIning mamlakatdagi missiyasi rahbaridan izoh talab qildi.
O‘tgan haftada Jozep Borrel Ispaniyadagi La-Toxa forumidagi chiqishida Yevropani siyosiy erkinlik, iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy tenglik gullayotgan bog‘ga qiyoslagan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "dunyoning qolgan qismlari bu bog‘ga o‘xshamagan, katta qismi shu bog‘ga xavf solayotgan changalzordir".
BAA Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi uning bu gaplari butun dunyoda diskriminatsiyani kuchaytirishini aytdi.


