1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

BAA Fransiya bilan aloqalarini yaxshilamoqchi

Mamlakat rahbari Parijda Makron bilan uchrashdi.

BAA Fransiya bilan aloqalarini yaxshilamoqchi

 

Bugun, 18-iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol-Nahyon Fransiyaga ikki kunlik tashrif bilan keldi. U Parijda Emmanuel Makron bilan uchrashgan. 


Ikki davlat o‘z mamlakatlarida vodorod va atom energetikasi kabi sohalarda umumiy loyihalarni aniqlash uchun global, strategik energiya hamkorligi to‘g‘risida kelishib olishi kutilmqoda.


Tashrif oldidan jurnalistlar bilan suhbatda BAA Prezidentining diplomatik maslahatchisi Anvar Gargash Abu Dabi texnologiya va kelajak energiyasiga e’tibor qaratgan holda Parij bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarini chuqurlashtirishni xohlayotganini aytgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика