Bundan buyon Birlashagan Arab Amirliklariga kirish uchun turistik yoki mehmon vizasi bo‘lgan yo‘lovchilar borish va qaytish aviachiptalariga =fv ega bo‘lishlari kerak. Bu haqida Uzbekistan Airways xabar bermoqda.
Ushbu talab 11-noyabrdan boshlab kuchga kirgan.
Shu bilan birga, Dubayga kirish uchun sayohatchilardan COVID-19’ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat yoki PZR-testlarni taqdim etish talab etilmaydi.
Lekin Sharjaga kirish uchun karantin talablariga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.


