Bangladesh shimolidagi Panchagarx tumanida kema halokatga uchrashi oqibatida 69 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Kema halokatidan 69 kishining jasadi suvdan chiqarib olindi. Yana 3 kishi bedarak yo‘qolgan deb ro‘yxatga olingan.
Panchagarx tumani politsiyasi boshlig‘i Siradjul Xuda yakshanba kuni tushdan keyin 100 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan qayiq Karatoya daryosida cho‘kib ketganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suv transporti hodisasiga ortiqcha vazn sabab bo‘lgan.


