Bangladeshda yuk poyezdi va yo‘lovchi poyezdining to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi.
“Hozirgacha vayronalar ostidan 15 nafar halok bo‘lganlarning jasadi topildi, ularning soni ortishi mumkin”, - dedi o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Shohjahon Sikder.
Xabarlarga ko'ra, qutqaruv ishlariga 13 ta o‘t o‘chirish bo‘limi jalb etilgan.


