1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Barak Obama saylovda kimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi

U rafiqasi bilan bitta nomzodga ovoz bermoqchi.

Barak Obama saylovda kimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi

AQSH sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obama Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lishi kutilayotgan Kamala Harrisni saylovda qo‘llashlarini maʼlum qildi.

 

Obamalar Harrisga qo‘ng‘iroq qilib, uni saylovda qo‘llashlarini maʼlum qilgan. Vitse-prezidentning saylov kampaniyasi ular o‘rtasidagi suhbat videosini eʼlon qildi.

 

“Men va Mishel seni qo‘llashdan faxrlanamiz. Sen saylovda g‘alaba qozonib, Oval kabinetga borishing uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, — degan Obama.

 

“Bu men uchun ko‘p narsani anglatadi. Keling, ishga kirishamiz”, — deya javob qaytargan Harris.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика