1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi – Prezident

Ayni paytda OTM talabalari bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi – Prezident

 

Oliygohlar atrofidagi maktab va bog‘chalarda 13 ming vakant ish o‘rinlari mavjud. Kamida 10 ming nafar talabani ular uchun joylashuvi qulay bo‘lgan maktab va bog‘chalarga ishga joylashtirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Mutasaddilarga davlat korxonalaridagi vakansiyalar bo‘yicha har chorakda talabalar o‘rtasida tanlovlar e’lon qilib borish topshirildi.

 

Umuman, har bir tarmoq rahbari o‘z sohasidagi oliygohlar bilan tizimli ishlab, salohiyatli talabalarni tanlab borishi kerak. 

 

Masalan, Markaziy bank har yili 3-4 kurs talabalari o‘rtasida tanlovlar e’lon qilib, 60 nafar talabani haq to‘lanadigan stajirovkaga jalb qilish tizimini yo‘lga qo‘ygan. Stajirovka yakunida eng yaxshi talabalarga doimiy ish taklif qilinadi.

 

Xuddi shunday ishlarni Iqtisodiyot, Moliya, Qurilish, Energetika, Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirliklari, soliq, kadastr idoralari tizimli tashkil etishi shart.

 

Ushbu yangi tizim orqali har yili 3 ming nafar talaba band qilinadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика