1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Barcha viloyatlarda avtomobildan xoli hududlar tashkil etildi

Bu orqali sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsad qilingan.

Barcha viloyatlarda avtomobildan xoli hududlar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan sayyohlarga qulayliklar yaratish, ularning har bir hududda mazmunli dam olishlari, erkin piyoda yurishlarini tashkil etish maqsadida ma’lum yo‘nalishlarda “avtomobildan xoli hudud”lar yaratilmoqda.

 

Jumladan, Buxoro shahri tarixiy markazining Toqi Telpakfro‘shon madaniy meros obyektidan Ark qo‘rg‘oni avtoturargohigacha bo‘lgan qismida, Andijon viloyatining Xonobod shahrida, Farg‘ona viloyatidagi turizm namoyishi obyektlari bo‘lgan Farg‘ona shahar I.Karimov nomidagi san’at saroyi, “Eko shahar” madaniy dam olish bog‘i, Ahmad al-Farg‘oniy istirohat bog‘i, Marg‘ilon shahar E.Vohidov nomidagi istirohat bog‘i, hamda Qo‘qon shahar O‘rda maydoni, “Istiqlol turizm ko‘chasi hududlari “avtomobildan xoli hudud”ga aylantirildi.

 

Shuningdek, Samarqand tumani “Konigil” turizm qishlog‘ida yangidan tashkil etilgan turizm obyektida 2.5 km uzunlikdagi yo‘l avtomobildan holi hudud sifatida faoliyat olib bormoqda. Yo‘lning kirish qismida avtomobillarni taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Registon maydoni va Shohi zinda majmuasini bog‘lovchi 1.5 km uzunlikdagi I. Karimov ko‘chasi avtomobildan holi hudud sifatida faoliyat olib bormoqda.

 

Bundan tashqari, quyidagi hududlar “avtomobildan xoli hudud”ga aylantirildi:

 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Nukus shahri “Do‘stlik” dam olish markazidagi hududidagi “Do‘stlik” kanali ko‘chasi;
  • Andijon viloyati – Andijon shahri, Istiqlol ko‘chasi, O‘rikzor ko‘chasi, Sarikuy ko‘chasi;
  • Jizzax viloyati – Zargarlik MFY, “Sindor Hamroqulov” ko‘chasi, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim muzeyi, O‘rda ekologik bog‘i;
  • Namangan viloyati – Obi hayot MFY hududida joylashgan U.Nosir va Lutfiy ko‘chalari;
  • Qashqadaryo viloyati – Shahrisabz shahri Shahrisabz tarixiy maydoni, Shahrisabz tumani Miraki turistik markazi, Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi Mustaqillik maydoni hududida;
  • Sirdaryo viloyati – Guliston shahar Alisher Navoiy ko'chasining 0.72 km qismi;
  • Toshkent shahri – Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasi;
  • Toshkent viloyati – Toshkent yo‘li ko‘chasi (Qorasuv MFY), Oybek mahallasida 1 km qismi, Angren shahar “Bunyodkor” ko‘chasi, Do‘stlik MFY S.Raxmatov ko‘chasining 0,9 kilometr qismi;
  • Navoiy viloyati – Yangi O‘zbekiston bog‘i, Ma’naviyat va ma’rifat bog‘i, Sarmishsoy muzey qo‘riqxonasi, Yoshlik ko‘li;
  • Surxondaryo viloyati – Termiz shahar, Alpomish mahallasidagi A.Navoyi ko‘chasi (ichki yo‘l);
  • Xorazm viloyati – Xiva shahrida joylashgan 24,5 gektar maydonga ega bo‘lgan “Arda Xiva” turistik majmuasi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика