1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Barcha viloyatlarda Haj markazlari tashkil etiladi

Hajga boradigan ziyoratchilar uchun yagona onlayn, ochiq-oshkora navbat tizimi joriy qilinadi.

Barcha viloyatlarda Haj markazlari tashkil etiladi

 

Hajga boradigan ziyoratchilar uchun yagona onlayn, ochiq-oshkora navbat tizimi joriy qilinadi. 2030-yilga qadar haj ziyoratiga boradigan fuqarolar soni bosqichma-bosqich yiliga 24 ming nafarga yetkaziladi. Bu haqda O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

 

Toshkent islom institutida 2024-yildan magistratura, 2025-yildan doktorantura yo‘nalishida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

 

“Mana, kuni kecha O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy hazratlari Qatardagi Xalqaro musulmon ulamolar kengashiga aʼzo bo‘lganlari, barchamizga mamnuniyat bag‘ishlaydi.

 

Buyam o‘tgan davrda diniy-maʼrifiy sohada olib borgan islohotlarimizning xalqaro eʼtirofi, xalqimizning Islom dini rivojiga qo‘shayotgan hissasiga berilgan yana bir yuksak baho, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

 

Yurtimizda islom olamining yetuk ulamolari ishtirokida har ikki yilda Xalqaro islom ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazib borsak, nima deysizlar?”, dedi nomzod.

 

Kun.uz muxbiri ko‘ra, Mirziyoyevning saylovoldi dasturida harbiylar va ularning oila aʼzolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasini yana-da kuchaytirish masalasi ham o‘rin olgan.

 

Buning uchun:

 

  • kontrakt asosida xizmat qilayotgan harbiylar maoshi 2030-yilga qadar yana 2 karra oshiriladi;

  • yil yakunigacha harbiylarimiz uchun 2 mingdan ortiq, kelgusi yetti yilda esa, yana 20 mingta uy-joy qurib beriladi;

  • 15 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylar uchun uy-joyga dastlabki badalning 50 foizini davlat ajratadi;

  • boquvchisini yo‘qotgan, nogiron bo‘lib qolgan harbiylarning kredit qarzdorligi esa byudjetdan qoplanadi;

  • pensiyadagi harbiylarning farzandlariga alohida kvota doirasida oliygohga kirish uchun imtiyozlar beriladi;

  • og‘ir kasallikka chalingan harbiylarning chet elda davolanishiga alohida mablag‘lar ajratiladi.

 

Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev o‘zbek tili va adabiyoti fanidan yuqori ball olgan yoshlarga imtihon xarajatlarini qoplab berish kerakligini taʼkidladi.

 

“Hozirgi vaqtda, chet tillari bo‘yicha xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarga imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda. O‘zbek tili va adabiyoti fani uchun ham mana shunday tartibni joriy etishni taklif qilaman. Shuningdek, o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari uchun 50 foizli ustama joriy qilsak, adolatdan bo‘ladi”, dedi nomzod. Hozirgi tartibga ko‘ra, bu ustama foizi miqdori – 20 foiz.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика