Tomas Tuxel "Lasio"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng "Bavariya" futbolchilarini tanqid qildi.
Myunxen klubi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining ilk o‘yinida rimliklarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Final hushtagi yangragach, "Bavariya" bosh murabbiyi kiyinish xonasida futbolchilarga shikoyatlarini bildirdi.
"Sizlar men o‘ylaganchalik yaxshi emassiz. Shuning uchun sizning darajangizga moslashishim kerak", — deya Tuxel.
"Jamoa bundan norozi bo‘lgani aytilmoqda", — deyiladi xabarlarda.


