Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Eron Islom Respublikasiga tashrif buyuradi.
Tashrif 11-12-mart kunlariga rejalashtirilgan.
Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va transport-kommunikatsiya sohasidagi o‘zaro aloqalarni faollashtirish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.


