O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan MDH davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida qatnashmoqda.
Kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuv oldidan vazirlar tor doirada uchrashdi.
Uchrashuvda keng ko‘lamli masalalar, jumladan, 2024 yil aprelda Minsk shahrida MDH tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish muhokama etildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya yetakchisi Vladimir Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashish uchun Bishkekka yetib borgani xabar qilingandi.


