1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Baxtiyor Saidov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Tomonlar ikki davlat prezidentlarining 2022-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashdi.

Baxtiyor Saidov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

Kecha, 8 mart kuni O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Tomonlar ikki davlat prezidentlarining 2022 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashdilar.

 

O‘zaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish, TIVlararo maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish, savdo aylanmasini diversifikatsiya qilish va qo‘shma hamkorlik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

 

Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston ishchi guruhi va Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish masalalarini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Avvalroq, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi doirasida Mo‘g‘uliston rahbari Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика