1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram kanalida maʼlum qildi.

 

“Davlatlarimiz rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan yaqin va do‘stona aloqalar barcha sohalarda strategik sheriklikni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda”, — deb yozadi Saidov.

 

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

 

“Ko‘p asrlik mushtarak tarixiy merosga tayangan holda bugun mamlakatlarimiz Markaziy Osiyoda izchil taraqqiyot, tinchlik va barqarorlikni ilgari surmoqdalar”, — deyiladi xabarda.

 

Taʼkidlanishicha, doimiy muloqot va almashinuvlar har tomonlama rivojlantirib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика