O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan birgalikda Xitoyning “Yutong” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtobuslarni borib ko‘rdi. Bu haqda Saidovning Telegram kanalida xabar berildi.

“Yaqinda mazkur kompaniyaning yuzlab avtobuslarini O‘zbekistonda jamoat transporti faoliyatini yaxshilash maqsadida xarid qilgan edik”, — deb yozadi Saidov.


Eslatib o‘tamiz, 8 aprel kuni O‘zbekistonga Xitoy davlatidan yangi elektrobus va avtobuslar olib kelingandi.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.


