1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Baxtiyor Saidov YIning Markaziy Osiyo va inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakillari bilan uchrashdi

Unda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson huquqlari, gender tengligi va so‘z erkinligini taʼminlashda o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Baxtiyor Saidov YIning Markaziy Osiyo va inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakillari bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov kecha Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha va inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakillari Terhi Xakala hamda Imon Gilmor bilan muzokaralar o‘tkazdi.

 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston bilan YI o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-humanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson huquqlari, gender tengligi va so‘z erkinligini taʼminlashda o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

O‘zbekiston va YI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolash muhimligi qayd etildi.

 

«O‘zbekiston – YI» va «Markaziy Osiyo – YI» shaklida turli darajalarda rejalashtirilgan tadbirlar jadvaliga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro siyosatning ayrim masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика